Hal qiluvchi palla. “Barselona” super transferni e’lon qiladi

Kataloniyaliklar ayyorlik qildi
“Barselona” orzusidagi futbolchi Lautaro Martinesni qo‘lga kiritish uchun ajoyib sxemani ishga soldi
Kataloniyaliklar “Yuventus”ga Nelson Semeduni berib, Turindan Miralim Pyanich va Mittia De Shiloni olib kelmoqda. Qolaversa, turinliklar 25 million evro ham to‘laydi.
“Barselona” rahbarlari “Yuventus”dan keladigan mablag‘ni Martinesni qo‘lga kiritish uchun tayyorlanayotgan byudjetga qo‘shadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Pyanich va De Shilo kataloniyaliklar bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib bo‘lgan. Ayni paytda Semedu “Yuventus” rahbariyati bilan o‘z shartnomasini kelishyapti. Yaqin soatlar ichida bu transferlar e’lon qilinishi kutilyapti.
Bir futbolchi evaziga ikkitasini va qo‘shimchasiga mo‘maygina mablag‘ni qo‘lga kiritgan “Barselona” endi bor e’tiborini asosiy maqsadi – Lautaro Martines transferi amalga oshirishga qaratadi.

17.05.2020, 21:20 44 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish