APL tarixidagi eng qimmat 10 ta xato

Angliya klublarining adashgan transferlari.
Futbol – bu tasodiflar o‘yini. Gohida klublar yillarga tatigulik xatolarga yo‘l qo‘yadi. Quyida Aleksis Sanchesning «Manchester Yunayted»ga o‘tishidan tortib, «Liverpul»ning Endi Kerrolni sotib olishigacha bo‘lgan xatolarni esga olib o‘tamiz.
Yakuniy xulosa chiqarishda shoshilmaymiz, chunki bir jamoada ishonchni oqlamagan futbolchilar boshqasida “ochilganiga” ko‘p guvoh bo‘lganmiz.
Piter KRAUCh
Klub: «Tottenxem»
Xato: Piter Krauchni saqlab qola olishmagan
Qiymati: 9 million funt-sterling
Natija: Krauch klubga qaytgan, keyin «Stok Siti»ga sotib yuborilgan
Tarix: Piter Krauchning «Tottenxem» uchun o‘ynaganini hamma yaxshi biladi, biroq hujumchining professional faoliyati aynan «Shporlar» safida boshlanganidan  ko‘pchilikning xabari bilmasa kerak.
Bo‘ydor futbolchi o‘zining dastlabki professional shartnomasini 1998 yilning iyul oyida aynan «Tottenxem» bilan imzolagan. Biroq unga jamoada o‘ynab ketish nasib etmagan. Buning o‘rniga u ijara asosida «Dalich Xemlete» (London) va «Xasselxolm» (Shvetsiya) klublarida to‘p surgan. 2000 yilga kelib esa, «Kuinz Park Reynjers»ga sotib yuborilgan, transfer narxi – 60 ming funt.
Yaxshi bilasiz, «Krauchino» «Aston Villa», «Sautgempton», «Liverpul» va «Portsmut» klublari safida to‘p surgan holda APLda omadli faoliyatini o‘tkazdi. Albatta, keyinchalik «Shporlar» safida ham u o‘zini ko‘rsatishga erishgan. Ammo «Tottenxem»ga o‘z tarbiyalanuvchisini qaytarish 9 million funtga tushgan va agar klub o‘z vaqtida uni sotib yubormaganida, umuman pul sarflashiga to‘g‘ri kelmasdi.
krauch
Vilfrid BONI
Klub: «Manchester Siti»
Xato: Vilfrid Bonini sotib olinishi
Qiymati: 16,5 mln. funt
Natija: «Stok Siti»ga ijaraga berib yuborildi, keyin esa «Suonsi»ga qaytgan
Tarix: «Manchester Siti» tepasiga shayxlar kelganidan so‘ng klub juda ko‘plab ijrochilarni sotib olishni boshlab yuborgan, biroq «Suonsi»dan Vilfrid Bonining «Etixad»ga ko‘chib o‘tgani ko‘pchilikning esidan chiqib ketgan bo‘lsa kerak.
2015 yilning yanvarida ivuarlik futbolchining transferi «shaharliklar»ga 28,5 million funtga tushgandi. «Siti»ning unga jiddiy ravishda qiziqib qolganini tushunish mumkin, harqalay o‘shanda uning hisobida 20 ta gol bor edi. Ammo Boni klubda o‘z joyini topa olmadi, Afrika Kubogi esa uning yangi jamoasi safidagi o‘yinlarini ortga surib yubordi. Keyin esa jarohatlar boshlandi...
Qisqacha aytganda, «Siti» safida Vilfrid atigi 46 o‘yinda maydonga tushib, hisobiga 11 ta gol yozib qo‘ydi xolos. Natijada hujumchi 12 million funt evaziga sobiq klubi «Suonsi»ga sotib yuborilgan.
Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, Boni o‘zining jarangdor transferidan bir yil oldin uchinchi divizion vakili «Nyuport» safida shug‘ullanib yurgan erkin agent maqomidagi futbolchi edi. Uning qanday qilib bu qadar shiddatli tarzda Angliyaning eng kuchli klublaridan birining safigacha etib borgani hamon jumboqligicha qolmoqda.
boni
Nemanya MATICh
Klub: «Chelsi»
Xato: «Benfika»ga qo‘yib yuborilgan
Qiymati: 18 mln. funt
Natija: «Manchester Yunayted»ga ko‘chib o‘tdi
Tarix: Nemanya Matich «Chelsi»dagi dastlabki ikki o‘yinini 2009/10 mavsumda o‘tkazgan. Uning navbatdagi o‘yini 4 yillik tanaffusdan so‘ng yuz bergan. Yakunda londonliklar David Luizni o‘zlariga og‘dirib olish uchun Matichni sotib yuborishga qaror qilganlar. Agar «Chelsi» serbiyalik ijrochini klubda qoldirganida, katta miqdordagi summani saqlab qolgan va keyinchalik yaxshigina pul ishlab olgan bo‘lardi.
matich_1
Lazar MARKOVICh
Klub: «Liverpul»
Xato: Lazar Markovichning sotib olinishi
Qiymati: 20 mln. funt
Natija: Markovich 4 marta ijaraga berib yuborilgan, keyin esa bepulga qo‘yib yuborilgan
Tarix: Qizig‘i, Markovichni Endi Kerrol singari ko‘p muhokama qilishmaydi. Zero, «Qizillar» jamoasi serbiyalik ijrochi tufayli kam pul yo‘qotishmagan. Lazar Markovich «Liverpul»ga «Benfika»dan ko‘chib o‘tgan. Uning transferi o‘shanda ingliz klubiga 20 million funtga tushgan, biroq bu rahbariyatni mutlaqo tashvishga solmagan. Chunki bundan biroz oldin Luis Suares katta summa evaziga sotib yuborilgandi.
Markovich bilan birga o‘shanda «Enfild»da Lovren, Balotelli, Lambert, Mankilo, Moreno, Lallana va Jan ham paydo bo‘lgandi. Markovichning hisobida 34 o‘yin, 3 ta gol va 1 ta assistentlik bor. Ammo yarim himoyachi asosan ijarama-ijara sarson bo‘lgan. Faqatgina 2019 yilga kelibgina Lazar bepulga «Fulxem»ga qo‘yib yuborilgan. Hozir yarim himoyachi Serbiyaning «Partizan» klubida to‘p surmoqda. Mana, buni tanazzulga yuz tutish deyish mumkin – axir Markovich bor-yo‘g‘i 26 yoshda!
markovich
Endi KERROL
Klub: «Liverpul»
Xato: Endi Kerrollning sotib olinishi
Qiymati: 20,7 mln. funt
Natija: Kerroll «Vest Xem»ga ijaraga berib yuborilgan va keyinchalik «Bolg‘aurarlar» tomonidan 15 million funt evaziga to‘liq sotib olingan
Tarix: Ispaniyalik taniqli hujumchi Fernando Torres transfer bozorining so‘nggi kunlarida «Chelsi»ga ko‘chib o‘tganidan so‘ng «Liverpul»dagilar sarosimaga tushib qolganlar. «Chelsi» tomonidan to‘langan 50 million funt «qizillar»ga tinchlik bermagan va ular Endi Kerrolni o‘zlarining tarixidagi eng qimmat transferga aylantirgan holda g‘ayriixtiyoriy xaridga qo‘l urdilar – 35 million funt! Bilamiz, bu yaxshilikka olib kelmagan. Bo‘ydor hujumchi «Enfild»da o‘tkazilgan 58 o‘yinida atigi 11 ta gol urgan va keyinchalik «Vest Xem»da paydo bo‘lgan. «Liverpul» ishqibozlari esa hozirgacha mana shu voqeaga ishona olmaydilar.
kerrol
Andre VILLASh-BOASh
Klub: «Chelsi»
Xato: Andre Villash-Boashning ishga yollanishi
Qiymati: 25,3 mln. funt
Natija: Murabbiyning ishdan bo‘shatilishi
Tarix: Andre Villash-Boash «Chelsi» bosh murabbiyi vazifasida 256 kun ishlagan. Bu vaqt davomida u 40 ta o‘yinning atigi 19 tasida g‘alaba qozongan va birorta sovringa ega chiqmagan. «Chelsi» klubi xo‘jayini Roman Abramovich portugaliyalik mutaxassisni «Portu»dan o‘ziga og‘dirib olish uchun 13,3 million funt sarflagan. Villash-Boash ketgan paytda esa «ko‘klar» jamoasi APLda 5-o‘rinda borayotgandi. Bundan ham achinarlisi, o‘shanda klubning Liga tarixidagi eng katta tovon pulini to‘lashiga to‘g‘ri kelgan  - 12 million funt!
villash bosha
Andrey ShEVChENKO
Klub: «Chelsi»
Xato: Andrey Shevchenkoning sotib olinishi
Qiymati: 30,8 mln. funt
Natija: avvaliga Shevchenko ijara asosida «Milan»ga berib yuborilgan, keyin esa erkin agent maqomida Kievning «Dinamo»siga ko‘chib o‘tgan
Tarix: 2006 yilning may oyida «Chelsi» Andrey Shevchenko uchun 30,8 million funtdan voz kechgan. Bu - «Milan» klubi o‘z afsonasini qo‘yib yuborishi mumkin bo‘lgan minimum qiymat edi. Italiyada to‘xtovsiz ravishda gollar urgan ukrainalik hujumchi Angliyada 180 gradusga o‘zgardi. APL ishtirokchisi safida o‘tkazgan 48 o‘yinida Sheva 9 ta gol urdi va shundan so‘ng dastlab ijara asosida «Milan»ga, keyin esa butunlay qadrdon «Dinamo»siga qaytdi.
shevchenko
Aleksis SANChES
Klub: «Manchester Yunayted»
Xato: Aleksis Sanchesning «Arsenal»dan sotib olinishi
Qiymati: 64,5 mln. funt
Natija: «Inter»da ijarada to‘p surmoqda
Tarix: Aleksis Sanches bir paytlar APLning eng yaxshi hujumchilaridan biri bo‘lgan. Chililik goleador «Arsenal» safida 166 uchrashuvda ishtirok etib, hisobiga 125 ta gol yozib qo‘ygani buni ko‘rsatib turibdi. Shunday ekan, uning amaldagi shartnomasi yakuniga etayotgan paytda boshqa klublar unga da’vogarlik qilishni boshlaganlar.
Yakunda «Manchester Yunayted» ashaddiy raqibi «Manchester Siti»ni ortda qoldirgan holda Sanches uchun kechgan kurashda g‘olib chiqqan. Natijada «qizil iblislar» yangi yulduz bilan birga 45 o‘yinda bor-yo‘g‘i 5 ta gol urgan eng qimmat zaxira o‘yinchisini qo‘lga kiritdilar. Ayni paytda Sanches ijara asosida «Inter» sharafini himoya qilmoqda va endi italiyaliklar chililik futbolchini sotib olmoqchi emaslar.
sanches
Pol POGBA
Klub: «Manchester Yunayted»
Xato: Pogbani «Yuventus»ga bepulga berib yuborishgan, keyin esa sotib olishgan
Qiymati: 89,3 mln. funt
Natija: Pogba hamon «MYu» safida, ammo oxirgi paytlarda futbolchining «Old Trafford»dan ketmoqchi bo‘layotgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.
Tarix: 2011/12 mavsum arafasida afsonaviy ser Aleks Fergyuson yosh Pol Pogbani asosiy tarkibning bir qismi bo‘lishini tasdiqlagan: «Agar biz uni e’tiborsiz qoldirsak, u ketib qoladi. Shunday ekan, biz unga imkoniyat havola qilamiz. Pogba katta iqtidorga ega». Agar shotlandiyalik mutaxassis o‘shanda aytgan gaplariga to‘liq amal qilganida klub 89,3 million funtni tejab qolgan bo‘lardi. O‘sha 2011/12 mavsumda frantsiyalik futbolchi APL doirasida 7 o‘yinda maydonga tushib, atigi 68 daqiqa o‘ynadi xolos. Natijada «Yuventus» uni erkin agent sifatida tarkibga qo‘shib oldi. Turinda Pogba jahondagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biriga aylandi va keyinchalik katta summa evaziga yana «Old Trafford»ga qaytdi.
pogba_2
Kevin DE BRYuYNE va Muhammad SALOH
Klub: «Chelsi»
Xato: De Bryuyne bilan Salohni saqlab qola olmagan
Qiymati: hisoblab bo‘lmaydi
Natija: ikkala o‘yinchi ham mos ravishda «Siti» va «Liverpul» klublarining etakchilariga aylangan
Tarix: Agar «Chelsi» klubi rahbarlari uzoqni ko‘ra oladigan bo‘lganlarida, hozirda jamoa safida jahonning eng yorqin yulduzlari o‘ynayotgan bo‘lardi. Bu erda gap De Bryuyne hamda Saloh haqida ketmoqda. Kevin «Chelsi» klubiga 2012 yili «Genk»dan ko‘chib o‘tgan. «Stemford Brij»da u atigi 9 o‘yinda ishtirok etadi va shundan so‘ng ijara asosida «Verder»ga ko‘chib o‘tadi. Oradan 1 yil o‘tib esa De Bryuyne 18 million funt evaziga «Volfsburg»ga butunlay sotib yuboriladi. Belgiyalik iqtidor egasi Germaniya bundesligasida atigi 18 oy to‘p surdi xolos. Biroq shu qisqa davrda u hisobiga 21 ta assistentlik yozib qo‘ygan holda liganing eng yaxshi pleymeykerlaridan biriga aylandi. Buning samarasi o‘laroq, «Manchester Siti» De Bryuyne 55 million funtga sotib oldi.
«Chelsi» tomonidan 2014 yilning yanvarida 11 million funt evaziga sotib olingan Muhammad Saloh bilan ham xuddi shunday voqea yuz bergan. 19 o‘yin, 2 ta va 4 ta assistentlik – Londonda o‘z o‘rnini saqlab qolish uchun etarli emas. Natijada u ijara asosida dastlab «Fiorentina»ga, keyin esa «Roma»ga berib yuborildi. «Bo‘rilar» jamoasi esa 2015 yil oxiriga kelib uni 13 million funtga sotib oldi. Oradan bir mavsum o‘tib Saloh 36,9 million funt evaziga «Liverpul» klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu yog‘iga voqelar rivoji qanday kechganini esa hamma yaxshi biladi.
salox

16.05.2020, 18:45 23 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish