"Yuventus" Isko va Daniloni sotib olish uchun 65 mln evro sarflashga tayyor

Italiyaning "Yuventus" jamoasi rahbariyati "Real" klubi vakillari bilan madridliklarning uch nafar futbolchisi borasida muzokara olib borish uchun uchrashishni rejalashtirgan.
Avval xabar berganimizdek, turinliklar birinchi navbatda Alvaro Moratani o'zida saqlab qolish uchun harakat qilmoqda va buning uchun "Real"ga qo'shimcha 20 mln evro to'lamoqchi.
Shuningdek, "keksa sinora" rasmiylari yarim himoyachi Iskoni va Daniloni sotib olishga urinib ko'radi.
Ma'lumotlarga ko'ra, turinliklar asosiy tarkibdan tushib qolayotgan Isko uchun 40 mln, Danilo uchun esa 25 mln evro sarflashga tayyor.
Manba : www.uff.uz

Danilo, Isko, Yuventus

12.04.2016, 21:44 773 1

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak

  • #comment farrukx_7

    2016-04-14 09:48:05

    Isconi sotmasligi kerak

    Javob berish

    farrukx_7'га жавоб бериш

×Yopish