"Qizil iblislar" forvardi Sanchoni MYuda kutmoqda

Uning transferi amalga oshadimi?
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford "Borussiya Dortmund" yarim himoyachisi Jeydon Sancho atrofidagi gap-so‘zlarga izoh berdi.
"Sancho bilan ajoyib tandem hosil qilishimiz mumkin. U - yangi avlodning eng zo‘rlaridan biri. Jeydon bilar birga MYuda to‘p surishga umid qilaman. Jeydon ijodkor futbolchi. Bu hozirgi futbolda muvaffaqiyatga erishish uchun eng muhim hislatlardan biri", - deydi Reshford.
Oldinroq, "qizil iblislar" "asalarilar" bilan futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarga kirishishga tayyor ekanligi xabar qilingan edi.

02.04.2020, 00:10 32 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish