Tezkor xabar! Yaponiya terma jamoasi a’zosida koronavirus aniqlandi

U Inestaning jamoadoshi.
"Vissel Kobe" klubi va Yaponiya terma jamoasi a’zosi Gotoku Sakaida koronavirus aniqlandi.
Futbolchida harorat ko‘tarilgach undan COVID-19 ga qarshi test olishgan. Natija esa unda virus borligini tasdiqlagan. E’tiborlisi, Gotoku Yaponiya chempionatida koronavirusga chalingan ilk futbolchi sifatida qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, “Vissel Kobe”da shuningdek ispaniyalik mashhur yarim himoyachi Andres Inesta ham to‘p suradi.

01.04.2020, 11:40 39 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish