MYu "Borussiya" futbolchisiga 7-raqamni va’da qilmoqda

Jeydon Sancho faoliyatini Sulsher qo‘l ostida davom ettirishi mumkin.
"Manchester Yunayted" "Borussiya Dortmund" yarim himoyachisi Jeydon Sanchoni jamoaga olib kelish ustida ish olib bormoqda.
Independent.ie nashrining xabariga ko‘ra, inglizlar 20 yoshli futbolchiga haftasiga 400 ming evro maosh berishga tayyor. Bundan tashqari, o‘z vaqtida Jorj Best, Erik Kantona, Devid Bekxem, Maykl Ouen va Krishtianu Ronaldu kabi futbolchilarga tegishli bo‘lgan 7-raqamni ham va’da qilyapti.
"Qizil iblislar" rahbariyati yarim himoyachi uchun 130 mln evrodan voz kechishga tayyor. Bugungi ma’lumotlarga ko‘ra, MYu futbolchining agenti bilan muzokaraga kirishib ulgurgan.
Ma’lumot uchun, Sancho Bundesliganing joriy mavsumida 23 ta bahs o‘tkazib, 14 ta gol urdi va yana 15 ta assistlik vazifasini bajardi.

31.03.2020, 17:20 22 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish