"Real" futbolchisi "Arsenal"da qolmoqchi emas

U vataniga qaytadi.
Mavsumni "Arsenal" safida ijarada o‘tkazayotgan “Real” yarim himoyachisi Dani Sebalos Londonda qolmoqchi emas.
Estadio Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 23 yoshli ispaniyalik futbolchi mavsum yakunlangach vataniga qaytmoqchi. Unga “Betis”dan qiziqishlar bo‘lmoqda. Biroq, bu boradagi so‘nggi so‘zni uning transferiga egalik qiluvchi “qirollik klubi” aytadi.
Qayd etish lozimki, Sebalos uchun “Betis” begona emas. U aynan mana shu jamoa tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va “Real”ga 2017 yil aynan shu jamoadan ko‘chib o‘tgan.

31.03.2020, 17:10 24 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish