"Bavariya" prezidenti yangi mavsumni qishdan boshlashni taklif qilmoqda

Bu amalga oshishi mumkin.
"Bavariya" klubi boshqaruv raisi Karl-Xaynts Rumminigge yangi mavsumni dekabrdan boshlash taklifi bilan chiqdi.
"Joriy mavsumni yakunlab qo‘yishimiz kerak. Bu klublarimizning "yashab qolishi" va iqtisodiy halokatlarning oldini olish bilan bog‘liq. Shuning uchun mavsumni sentyabrgacha bo‘lsa-da davom ettirish, yangi mavsumni esa dekabrdan boshlash kerak deb hisoblayman. Bu eng to‘g‘ri qaror bo‘ladi", - deydi Rumminigge.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Rumminigge jamoa a’zolarining maoshlari o‘zgarishsiz qolishi haqida ma’lum qilgan edi.

31.03.2020, 17:00 25 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish