"Tottenxem" 550 nafar ishchisini ta’tilga chiqardi

"Shporlar" ham shu yo‘lni tanlashdi.
"Tottenxem” klubi rahbariyati jamoaning 550 nafar xodimini ta’tilga chiqardi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, rahbariyat koronavirus pandemiyasi tufayli shunday qarorga kelgan. Aprel va may oylarida ta’tilda bo‘ladigan xodimlarning maoshlari 20 foizga qisqaradi.
Aytish kerakki, "Bavariya", "Barselona", "Espanol" kabi jamoalar ham COVID-19 sabab yuzaga kelgan iqtisodiy zararning bir qismini qoplash uchun futbolchi va xodimlari maoshini qisqartirgan edi.

31.03.2020, 16:45 25 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish