Ronaldu yana jamoasini o‘zgartirishi mumkin

"Yuventus" Krishtianu Ronalduni sotib yuborishi mumkin.
"Yuventus" hujumchi Krishtianu Ronalduni sotishi mumkin, deb xabar berdi II Messagero nashri.
Koronavirus pandemiyasi tufayli kelib chiqadigan iqtisodiy muammolar tufayli , Turin klubi portugaliyalik forvardning maoshini to‘lashi qiyin bo‘ladi.
Ma’lum bo‘lishicha, klub maoshlarni kamaytirishni ko‘rib chiqmoqda. Joriy shartnomaga ko‘ra, Ronaldu yiliga 31 mln evro maosh ishlab topadi.
Shu qatorda, "Yuventus" 35 yoshli futbolchini 70 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

31.03.2020, 16:25 29 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish