Koronavirusga chalingan "Barselona" sobiq darvozabonining ahvoli og‘irlashdi

Rushtu Rechberning ahvoli yomonlashdi.
Turkiya terma jamoasi va "Barselona" klubining sobiq darvozaboni Rushtu Rechber koronavirusga chalinganidan so‘ng, hamon shifoxonada qolmoqda.
Xabar qilinishicha, o‘tgan kun mobaynida 46 yoshli turkning ahvoli keskin darajada yomonlashgan. Hozir uning ahvoli og‘ir.
Avvalroq, Rechberning infektsiya yuqtirib olganida haqida uning ayoli Ishil ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, Rechber Turkiya terma jamoasi safida 120 ta uchrashuv o‘tkazib, mutloq rekordchiga aylangan. U "Beshiktosh" klubida faoliyatiga yakun yasagan.

31.03.2020, 15:55 31 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish