O‘zil ilk marta ota bo‘ldi (foto)

"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O‘zil ilk marta ota bo‘lganini ma’lum qildi.


Futbolchi va uning turmush o‘rtog‘i Omina oilasida qizaloq dunyoga keldi. Ular o‘z farzandlariga Eda deb ism qo‘yishdi.

"Xudoga shukurlar bo‘lsinki, qizimiz Eda sog‘lom tug‘ildi. Robbim uni bizga va butun insoniyatga xayrli bo‘lishini nasib etsin, inshoalloh. Omiyn", — deya xabar qoldirdi futbolchi o‘zining Tvitterdagi sahifasi orqali.

O‘zil 2019 yilning yozida Ominaga uylangan. Uning xotini 2014 yilda Miss Turkiya unvonini qo‘lga kiritgan.

31 yoshli O‘zil ushbu mavsumda "Arsenal" safida barcha musobaqalar doirasida 23ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi. Uning "kanonirlar" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan.
Futbol yangiliklarini saytimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham kuzatib boring!
Manba:penalti.uz

31.03.2020, 07:37 31 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish