Ikardining Italiyaga qaytishi noroziliklarga sabab bo‘ldi

"PSJ"da ijarada yurgan argentinalik hujumchi
Mauro Ikardining koronavirus pandemiyasining markazlaridan biri bo‘lgan Italiyaga qaytishi noroziliklarga sabab bo‘ldi.


"Men hukumatdan Italiyaga qaytish uchun ruxsat oldim.
Albatta, biz hech kimni xavf ostiga qo‘ymaslik uchun hokimiyat va tibbiy idoralarning barcha tavsiyalariga rioya qilish niyatidamiz", dedi Ikardi o‘zining instagramdagi akkauntida jonli efirda.

Ushbu mavsumda 27 yoshli Ikardi PSJning barcha turnirlarida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi. Uning "Inter" bilan shartnomasi 2022 yil yozigacha amal qiladi.
Manba: soccernews.ru

31.03.2020, 07:02 34 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish