Seten "Barselona"ning ijaradagi futbolchisini qaytarmoqchi

Karles Alenya Kataloniya sharafini himoya qilish uchun ortga qaytarilishi mumkin.
"Barselona"ning "Betis" klubida ijarada o‘ynayotgan yarim himoyachisi Karles Alenyaning kelajagi hamon so‘roq ostida qolmoqda.
Kataloniya klubi bosh murabbiyi Kike Seten 22 yoshli futbolchini keyingi mavsum jamoaga qaytarmoqchi.
Shu qatorda, "Betis" ham futbolchining ijara muddatini yana bir yilga uzaytirishni istamoqda.
Ma’lumot uchun, Alenya Sevilya klubida La Liga qoldirilguniga qadar, 8 ta uchrashuvda maydonga tushirildi.

31.03.2020, 00:00 31 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish