Podolski o‘ziga o‘xshaydigan futbolchi kimligini aytdi

Uning "Arsenal"da omadi kelmagan.
Germaniyalik mashhur hujumchi Lukas Podolski "Arsenal"dagi sobiq jamoadoshi Serj Gnabri haqida gapirdi.
“Gnabrining “Arsenal”da omadi kelmadi, chunki u juda ko‘p jarohat oldi. Lekin, u juda yaxshi shug‘ullandi. U bilan maydondan tashqari vaqtimizni ko‘proq birga o‘tkazardik, birga tushlikka borardik. Ammo, futbol juda ko‘p narsalarga bog‘liq. Agar jamoada senga ishonadigan murabbiy bo‘lmasa, sen o‘z o‘yiningni ko‘rsata olmaysan.
Serj har ikkala oyoqda ham yaxshi zarbaga ega. U kuchli va tezkor. U ko‘proq menga o‘xshab ketadi. Uning “Bavariya”dagi ishlari yaxshi ekanligidan xursandman”, - deydi Podolski.
24 yoshli Gnabri joriy mavsum “Bavariya” safida jami 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 18 ta gol hamda 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

30.03.2020, 23:30 24 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish