"Nyukasl" APL klublari orasida bu ishga jazm etgan ilk jamoa bo‘ldi

Tez orada boshqalar ham shunday qiladi.
"Nyukasl” klubi asosiy jamoada ishlamaydigan xodimlarini koronavirus tufayli ta’tilga chiqardi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ushbu xodimlar ta’tilga chiqqanlariga qaramay, hukumatning maxsus dasturiga ko‘ra maoshining 80 foizini (2500 funtdan yuqori bo‘lmaydi) olishda davom etishadi.
Ta’kidlash kerakki, “Nyukasl” koronavirus tufayli chempionatda yuzaga kelgan to‘xtalishdan ko‘rilayotgan zararni kamaytirish maqsadida bunday qarorga kelgan APLdagi ilk jamoa bo‘ldi.
Tez orada premer-liganing qolgan jamoalari ham shunday qaror qabul qilishlari kutilmoqda.

30.03.2020, 23:05 29 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish