Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Neymar haqida "g‘alati" gap aytdi

U almashtirib futbolchi emas.
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite PSJ forvardi Neymar pentakampeonlarning almashtirib bo‘lmas futbolchisi emasligini aytdi.
“Neymar o‘yinga jozibadorlik qo‘shadi. U boshqa o‘yinchilar hayoliga ham keltirmaydigan qarorlar qabul qiladi. U bilan terma jamoaning imkoniyatlari umuman boshqa, u maydonda porlaydi. Biz o‘z imkoniyatlari darajasida o‘ynaydigan Neymar haqida gapiryapmiz. U muhim, ammo, almashtirib bo‘lmas o‘yinchi emas”, - deydi Tite.
Ma’lumot uchun, Neymar joriy mavsum PSJ safida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 18 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

30.03.2020, 22:30 28 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish