"Tottenxem" ham koronavirus uchun kurashga qo‘shildi

Virus insonlarni birlashtirmoqda.
Londonning "Tottenxem" klubi o‘zining uy stadionini koronavirusga qarshi kurashish uchun Britaniya sog‘liqni saqlash milliy xizmatiga (NHS) berdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Manchester Siti" o‘ziga tegishli bo‘lgan "Etixad" stadionini tibbiyot xodimlari uchun foydalanishga bergan edi.
Ma’lumot uchun, ayni damda Buyuk Britaniyada COVID-19 virusi tufayli karantin e’lon qilingan.

30.03.2020, 22:15 23 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish