"Santyago Bernabeu" ham koronavirusga qarshi kurashga qo‘shildi

"Qirollik klubi" mamlakatga yordam qo‘lini cho‘zdi.
“Real” Madrid klubi o‘zining uy stadioni hisoblangan "Santyago Bernabeu"ni koronavirusga qarshi kurashish uchun dori-darmon, oziq-ovqat va tibbiy buyumlar saqlashda foydalanadigan omborga aylantirishga ruhsat berdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
“Qirollik klubi” stadionida saqlanadigan narsalar hukumat va sog‘liqni saqlash vakillari tomonidan muhtojlarga tarqatiladi. “Real” barcha tashkilotlardan stadionga xayr-ehson yuborishni so‘rab murojaat ham qildi.
Ma’lumot uchun, Ispaniyada so‘nggi bir sutka davomida 738 kishi koronavirusdan vafot etdi. Mamlakatda COVID-19 virusidan o‘lganlarning umumiy soni esa 3434 nafarga etdi.

26.03.2020, 20:02 3 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish