A Seriya UEFAning rejalarini buzib tashlashi mumkin

Ular ulgurishmaydi.
Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Gabriele Gravina A Seriyaning joriy mavsumi iyul-avgust oylarida yakunlanishi mumkinligini inkor etmadi.
Mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq og‘ir epidemiologik vaziyat UEFA taxmin qilganidek 30 iyunga qadar yakunlashga imkon bermasligi mumkin. Shu bois Gravina Italiya chempionati belgilangan muddatda yakunlanmasligi va UEFA bu borada ularni istisno qilishi mumkinligin tan oldi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda A Seriya yakunlanishiga yana 12 ta tur bor. O‘tgan 26 ta turdan so‘ng 63 ochko to‘plagan “Yuventus” chempionatda peshqadamlik qilmoqda.

26.03.2020, 18:51 9 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish