Balotelli voyaga etmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun javobgarlikdan qutulib qoldi

Jabrlanuvchi yakunda shantajchi bo‘lib chiqdi.
"Breshiya" klubi forvardi Mario Balotelli voyaga etmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun javobgarlikdan qutulib qoldi. Bu haqda Sport Mediaset nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, prokuratura futbolchini himoya qilgan va uning aybsizligini isbotlagan. Boisi, tergov davomida qiz Balotelliga o‘zini voyaga etgan deb ishontirgani ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, sobiq jabrlanuvchining o‘zi endi qonun oldida javob beradi. Chunki, u futbolchini shantaj qilgan va jim yurishi uchun undan 100 ming evro talab qilgan.
Ma’lumot uchun, Balotelli joriy mavsum “Breshiya” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 5 ta gol urishga erishdi.

26.03.2020, 18:06 12 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish