Bir yil qamoqda o‘tirgan rossiyalik futbolchiga Ispaniya, Italiya va Germaniyadan qiziqishlar bo‘lmoqda

Uni boshqa chempionatlarga chorlashmoqda.
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi yarim himoyachisi Aleksandr Kokorin Evropaning bir qator klublari qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi.
Xabarlarga qaraganda, 29 yoshli rossiyalik futbolchiga "Valyadolid", "Latsio", "Jenoa", "Fortuna" va "Marsel" klublari qiziqib qolishgan. Unda shuningdek Moskvaning ikki klubi - "Lokomotiv" va "Dinamo"dan ham takliflar bor.
Eslatib o‘tamiz, Kokorin bezorilik qilgani uchun 2018 yilning oktyabridan 2019 yilning sentyabriga qadar qamoq jazosini o‘tagan. U mavsumni "Sochi" safida ijarada o‘tkazmoqda. Hozircha 4 ta o‘yinda maydonga tushgan Aleksandr o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

26.03.2020, 17:51 11 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish