"Real" Pogba uchun 100 mln sarflashga tayyor

Vaziyat o‘zgardi.
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin. As nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, madridliklar frantsiyalik futbolchining transfer narxini tushirishga harakat qilib ko‘rgan, ammo "Yunayted" rasmiylari bunga rozi bo‘lishmagan. Endi esa "qizil iblislar" Pogbani yozda 100 mln evro evaziga "qirollik klubi"ga qo‘yib yuborishga tayyorlar. Mazkur  narx koronavirus pandemiyasi bois yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz natijasida yanada pasayishi ham mumkin.
Ilgariroq, "Real" Federiko Valverde va "Real Sosedat"da ijara asosida to‘p tepayotgan Martin Edegorlarning ajoyib o‘yinlari bois mazkur transferdan voz kechishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Pogba joriy mavsum APLda MYu safida jami 7 bahsda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

26.03.2020, 17:11 48 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish