"Milan"ni yangi mavsumda kimlar boshqarishi mumkin?

Nomzodlar ma’lum.
Italiya matbuoti "Milan" rahbariyati tomonidan jamoa bosh murabbiyi Stefano Pioli o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan mutahassislar ro‘yxatini e’lon qildi.
Xabarlarga ko‘ra, ushbu kengaytirilgan ro‘yxatga "Arsenal" sobiq ustozi Unai Emeri, "Valensiya" sobiq murabbiyi Marselino Garsiya Toral, "Inter" sobiq murabbiyi Luchano Spaletti, shuningdek "Atalanta"ning hozirgi ustozi Jan Pero Gasperini kiritilgan.
Italiya chempionati 26 turidan so‘ng "rossonerilar" 36 ochko bilan ettinchi pog‘onani egallab turibdi.

26.03.2020, 12:16 9 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish