MYu ettinchi raqamga munosib nomzodni "Barselona"dan topdi

U Pogba bilan birga to‘p surishi mumkin.
"Barselona" forvardi Antuan Grizmann faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, Angliyada matbuotida "Manchester Yunayted" 29 yoshli frantsuzni qo‘lga kiritishi niyatidaligi haqida gap-so‘zlar yuribdi.
Manbaga ko‘ra, mankunianliklar Grizmannga ettinchi raqam egasi bo‘lishini va’da qilishmoqda. Ushbu raqam ostida MYu afsonalari Jorj Best, Devid Bexem va Erik Kantonalar to‘p surgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, "Barselona" jahon chempionini yozda 100 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor ekanligi haqida zabarlar paydo bo‘lgan edi.

26.03.2020, 10:17 10 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish