Koronavirus "Chelsi"ning rejalarini o‘zgartirib yubordi

Ularning aksariyati baribir jamoadan ketadi.
Londonning "Chelsi" klubi rahbariyati futbolchilar bilan yangi shartnomalar borasida o‘tkazayotgan muzokaralarni to‘xtatib turishga majbur bo‘ldi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "aristokratlar" yozda shartnoma muddati tugaydigan Villian, Olive Jiru, Villi Kabalero va Pedro kabi futbolchilar bilan muzokaralarni koronavirus sabab keyinroqqa qoldirishgan.
Endi "Chelsi" ushbu futbolchilar bilan APL o‘yinlari boshlanganida yana muzokaralarni davom ettiradi.

26.03.2020, 10:02 9 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish