«Nitstsa» prezidenti futbolda «qayta qurish»ni taklif qildi

«Nitstsa» prezidenti Jan-Per River qiziq g‘oyani ilgari surdi.


«Albatta, barchamiz mavsumni yakunlashni istaymiz, ammo buni uddalay olmasakchi? Keling, navbatdagi 3ta mavsumni ko‘rib chiqamiz.

2022 yilgi jahon chempionati Qatarda 21 noyabrdan 18 dekabrgacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi. Mening g‘oyam shundan iboratki, biz bo‘lajak musobaqaga moslashishimiz kerak.

Buning uchun biz joriy mavsumni oktyabr yoki noyabr oyida yakunlab, keyingisini fevral oyida boshlashimiz mumkin. Iyun oyida bo‘ladigan Evropa chempionatiga moslashib, mavsumni oktyabr oyida yakunlaymiz.

2022 yilning avgust oyida esa kichik tanaffus qilinadi va ushbu formulani yana takrorlaymiz. Shunda jahon chempionatida bemalol ishtirok eta olishimiz mumkin», — dedi River "L’Équipe"ga bergan intervyusida.
Manba: sport24.ru

26.03.2020, 09:45 4 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish