"Arsenal"ning sobiq futbolchisi "Liverpul"ni ustun qo‘ydi

Mersisaydliklar unda ko‘proq taassurot qoldirishmoqda.
"Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Emmanuel Peti hozirgi "Liverpul"ni 2003/04 yilgi mavsumdagi "kanonirlar"ga o‘xshatdi.
Ta’kidlash kerakki, o‘sha mavsumda "Arsenal" birorta o‘yinda mag‘lub bo‘lmay APL chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
"Albatta, men sobiq jamoadoshlarimni hurmat qilaman, lekin "Liverpul" so‘nggi ikki mavsumda nimalar qilganini ko‘rsam...Ular aqlbovar qilmas ishlarni uddalashdi. Doimo raqibdan ustunlik qilib, shuncha ko‘p o‘yinda g‘alaba qozona oladigan jamoalar kamdan-kam uchraydi.
Ikkala jamoa ham o‘z nomlarini tarixda qoldirishdi. Lekin, menda "Liverpul" ko‘proq taassurot qoldirmoqda", - deydi Peti.
Ma’lumot uchun, Peti "Arsenal" safida 1997-2000 yillarda to‘p surgan.

26.03.2020, 09:26 5 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish