Respekt! Bundesliga klubi futbolchilari maoshlaridan voz kechishdi

Klubni qiyin vaziyatda yolg‘izlatib qo‘yishmadi.
Berlinning "Union" klubi futbolchilari koronavirus sabab Bundesliganing to‘xtatilgani bois o‘z maoshlaridan voz kechishdi.
Bundan tashqari klub xodimlari va rahbariyat ham maoshining bir qismidan voz kechishga rozi bo‘lgan.
"So‘nggi oylarda Bundesligada munosib ishtirok etish uchun barchamiz qattiq harakat qildik. Hozir esa hamma inqirozdan chiqish uchun katta pullardan voz kechmoqda. Rahbariyat nomidan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman", - deydi klub prezidenti Dirk Tsingler.
Eslatib o‘tamiz, "Union" klubi 25 turdan so‘ng Bundesligada 30 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

26.03.2020, 09:11 6 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish