Azar: «Real»dagi ilk mavsumim rasvo bo‘ldi»

«Real» yarim himoyachisi Eden Azar o‘zining La ligadagi debyut mavsumi haqida fikr bildirdi.
 
Belgiyalik futbolchi ayni paytda operatsiyadan keyingi tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda.

«Mening «Real»dagi ilk mavsumim rasvo bo‘ldi. Bu men uchun moslashuv mavsumi bo‘ldi. Ikkinchi mavsumdan kelib chiqib xulosa qilish mumkin. Keyingi mavsumda yaxshi formada bo‘lishim kerak.

Mavsumning davom ettirilishi? Kecha Zidan bilan telefon orqali gaplashdim. U ham chempionat qachon davom ettirilishini bilmaydi. Umid qilamiz, jamoamiz mavsumni yaxshi yakunlaydi.

Koronavirus haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, hozir uydaman, hech kimni ko‘rmayapman. Agar infektsiya yuqtirishdan qo‘rqyapman, ammo ko‘proq boshqalar haqida qayg‘uryapman», — dedi Azar.

Azar ushbu mavsumda «Real» safida 10ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi.
Manba: sport24.ru

26.03.2020, 07:58 9 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish