«Fenerbahche» futbolchisida koronavirus aniqlandi

Turkiyaning «Fenerbahche» klubi futbolchisi va jamoa shifokorida COVID-19 koronavirusi aniqlandi.
 
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Klubimiz futbolchilari, murabbiylari, texnik va ma’muriy xodimlari koronavirus testini topshirishdi.
Test natijalariga ko‘ra, bir nafar o‘yinchi va klub tibbiyot xodimida koronavirus infektsiyasi aniqlandi. Hozirda ular kasalxonaga yotqizilgan», – deyiladi klub bayonotida.
Ma’lumot uchun, avvalroq «Galatasaroy» bosh murabbiyi Fotih Terimda ham virus aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Futbol yangiliklarini saytimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham kuzatib boring!
Manba:penalti.uz

26.03.2020, 06:35 7 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish