«The Guardian» versiyasi bo‘yicha APLning ushbu mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

"Liverpul" hujumchisi Sadio Mane, "The Guardian" nashri versiyasiga ko‘ra, Angliya premer-ligasining ushbu mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


27 yoshli futbolchi Angliya chempionatining ushbu mavsumida 26ta o‘yinda maydonga tushib, 14ta gol urdi va 9ta golga uzatma berdi.

"Vulverxempton" yarim himoyachisi Adama Traore mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.  

Eng yaxshi murabbiy nominatsiyasi "Sheffild Yunayted" bosh murabbiyi Kris Uaylderga nasib etdi.

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne tomonidan "Nyukasl" darvozasiga urilgan gol mavsumning eng chiroyli goli deb topildi.
Manba: soccernews.ru

26.03.2020, 06:27 6 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish