Ibragimovich yangi kasbda o‘zini sinab ko‘rmoqchi

Ibragimovich agent bo‘lishi mumkin.
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich kelajagi borasida qayg‘urmoqda.
38 yoshli futbolchi jamoadan ketishi va futbolchilik faoliyaitni yakunlashi ham mumkin.
Shvetsiyalik futbolchiga "Milan"dan Zvonimir Bobanni ishdan bo‘shatilgan yoqmayapti va unga Ivan Gazidisning yangi g‘oyalari ma’qul kelmayapti.
Hujumchini Silvio Berluskoni va Adriano Galliani keyingi mavsum B Seriyada ishtirok etadigan "Montsa" klubi boshqarishga taklif qilishdi, ammo Ibragimovich murabbiy bo‘lib ishlashni ham xohlamayapti.
Zlatan Ibragimovich agent sifatida faoliyatini davom ettirish haqida o‘ylamoqda. U katta ehtimol bilan Mino Rayolaga sherik bo‘lib ishlaydi.

26.03.2020, 04:02 8 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish