"Chelsi" koronavirus sabab hech kim bilan shartnomani uzaytirmaydi

"Chelsi" hozircha shartnomalarni uzaytirmoqchi emas!
"Chelsi" koronavirus pandemiyasi tufayli bir nechta futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi, deb xabar berdi The Telegraph.
Klub vinger Villian va hujumchi Olive Jiru bilan yangi shartnomalarni muhokama qilishni keyinga qoldirdi. Shu qatorda, darvozabon Villi Kabalero va yarim himoyachi Pedroning bitimlari o‘z nihoyasiga etadi.
APLda o‘yinlar qaysi sanadan boshlanishi aniqlanmagunicha, London klubi futbolchilar bilan bitim imzolamoqchi emas. Bunday holda, Pedro jamoani tark etish ehtimoli katta!
Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi futbolchilarning shartnomalari muddati 30 iyun kuni tugaydi.

26.03.2020, 01:17 6 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish