Modrich "Real"ga RPL futbolchisini xarid qilishni maslahat berdi

Vlashich faoliyatini Madridda davom ettirishi mumkin.
Defenca Central nashrining xabariga ko‘ra, "Real" TsSKA yarim himoyachisi Nikola Vlashichga qiziqish bildirmoqda.
"Qaymoqranglilar" 34 yoshni qarshi olgan Luka Modrichning o‘rniga yangi nomzod qidirishyapti.
Xorvatiyalik futbolchining o‘zi "armiyachilar" yarim himoyachisini sotib olishni Madrid klubiga maslahat bergan.
Modrich va Vlashich terma jamoadagi o‘yinlari orqali bir-birlarini yaxshi bilishadi.
Ma’lumot uchun, Vlashich RPLning joriy mavsumida 22 ta uchrashuv o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

26.03.2020, 00:51 10 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish