Fabregas nega "Arsenal"dan ketgan edi?

U kechalari uxlamay chiqardi.
Ispaniyalik mashhur futbolchi Sesk Fabregas "Arsenal"dan ketish sababini ochiqladi.
"Men jamoa sardori edim va shu bois o‘zimda juda katta bosim his qilardim. Maydonda borimni berardim, chunki jamoani g‘alaba sari etaklashim kerak edi. Ba’zan mag‘lubiyatlardan so‘ng uyga kelib yig‘lardim. Kechalari uxlay olmasdim va juda qiynalardim. 
Mag‘lubiyatdan so‘ng ayrim futbolchilar avtobusda bir-birlari bilan kulishib, kelajagi haqida gaplashishardi. Bunday holat bir necha yil davom etdi. Faqatgina Nasri va van Persi men bilan bir bo‘ldi. Agar hamma futbolchilar o‘z ishlariga munosabatlarini o‘zgartirmaganlarida edi, men "Arsenal"dan ketmasdim", - deydi Fabregas.
Fabregas 2003-2011 yillarda "Arsenal" sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng "Barselona"ga ko‘chib o‘tgan.

25.03.2020, 23:26 8 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish