"Chelsi" ispaniyalik futbolchi uchun taklif tayyorlamoqda

Diario Sport xabariga ko‘ra, "Chelsi" rahbariyati himoyachi Mark Kukurelyaning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, shartnomasi "Barselona"ga tegishli bo‘lgan himoyachi mavsum boshidan "Xetafe" safida to‘p surmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, londonliklar kelgusi transfer oynasida ispaniyalik futbolchi uchun 23 mln evro taklif qilmoqchi.
Ta’kidlanishicha, Kukurelya "Portu" himoyachisi Aleks Tellesga qaraganda arzonroq variant hisoblanadi.
Manba: Diario Sport

25.03.2020, 20:10 7 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish