Ibragimovich va Kavani "Lids"da o‘ynashi mumkin edi

"Lids" prezidenti Ibragimovich bilan gaplashganini aytib o‘tdi.
"Lids" klubining xo‘jayini Andrea Radritstsianining so‘zlariga ko‘ra, klubning qishgi transferlar oynasidagi maqsadi PSJ forvardi Edinson Kavani va "Milan"ga ko‘chib o‘tgan Zlatan Ibragimovich bo‘lgan.
"Men Zlatan bilan ochiq gaplashdim. U bizga etarlicha foyda keltirishi mumkin edi, ammo yakunda "Milan"ni tanladi. U men bilan ochiq va to‘g‘ri so‘z bo‘lib gaplashdi.
Biz oqilona va murabbiyning istaklariga bog‘liq tarzda ish tutishimiz kerak. Men bosh murabbiy Belsa bilan Kavani va Ibragimovich borasida gaplshib ulgurmagan edim. Chunki, muzokaralar muhakama qilish kerak bo‘lgan bosqichga etib bormadi," - dedi Radritstsiani.

25.03.2020, 19:32 12 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish