A Seriya klublari ligada 22 ta jamoa qatnashishini xohlashmoqda

Italiya klublari chempionatning sxemasiga o‘zgartirilish kiritishni taklif qilishdi.
Mashxur jurnalist Nikola Skiraning xabar berishicha, A Seriyaning ko‘plab klublari turnir jadvalining so‘nggi pog‘onalarini egallab turgan jamoalar B Seriyaga tushirib yubormasligini istashmoqda.
Buning o‘rniga, quyi ligadagi eng yaxshi bo‘lib turgan 2 ta jamoani A Seriyaga qo‘shib, keyingi mavsumni 22 ta klub bilan o‘tkazishni taklif qilishmoqda.
Shu tariqa, 2 mavsumni o‘tkazib, 2022 yildan yana jamoalarning soni 20 taga qisqartiriladi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus kassaligi tufayli Italiyada chempionat qoldirilgan edi.

25.03.2020, 19:02 4 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish