Fojia! Koronavirusga chalingan futbolchi vafot etdi

"Atletiko Portada Alta" havaskorlar jamoasining futbolchisi hamda murabbiysi, 21 yoshli Fransisko Garsiya koronavirusga chalinib, vafot etdi.
 
Bu haqda "Marca" xabar berdi.  
Manbaning yozishicha, yosh futbolchi yaqinda saratonga chalingan. Natijada uning organizmi koronavirusni enga olmagan. 
"U klubda 4 yil ishladi, futbolchilarni yaxshi ko‘rardi. Hali ham uning o‘lganiga ishona olmayapmiz", dedi klub prezidenti Xose Bueno.
 
Manba: soccernews.ru

16.03.2020, 20:26 57 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish