Zoyir Mirzaev Qashqadaryo viloyati klublarining rahbarlari bilan uchrashdi. "Nasaf" jamoasi oldiga vazifa belgilandi

Qashqadaryo viloyati hokimi va futbol mutasadillari uchrashuvi o‘tkazildi
Bugun Qarshi shahridagi “O‘zbek Neftigaz Aksiyadorlik Jamiyati” asosiy binosida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Qashqadaryo viloyati hokimi va viloyatdagi 3 ta: “Nasaf”, “Mash’al” hamda “Sho‘rtan" futbol jamoalarining futbol mutasaddilari, futbol muxlislari hamda futbolga aloqador barcha shaxslar ishtirok etishdi.
Uchrashuvdan asosiy ko‘zlangan maqsad viloyat hokimi tomonidan “Nasaf” futbol klubini joriy mavsumning O‘zbekiston chempionatida kuchli uchlikdan joy olishi ustuvor vazifa etib belgilandi.
Qolaversa, viloyatning qolgan barcha jamoalarini yanada kuchaytirib Qashqadaryoga futbol sport turini rivojlanishi haqida ta’kidlanib o‘tildi. Viloyat hokimi kubogi uchun 400 million so‘m ajratadigan bo‘ldi. Tuman va shahar hokimliklarining o‘z futbol klubi bo‘lishli kerakligi ham aytib o‘tildi.

17.02.2020, 21:46 20 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish