«Inter» Eriksen transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

«Inter» Kristian Eriksen transferi borasida «Tottenhem» bilan kelishuvga erishdi.
Bu haqda italiyalik jurnalist va insayder Nikola Skira xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Milan klubi 27 yoshli daniyalik yarimhimoyachi uchun London klubiga qo‘shimcha bonuslar bilan birga 20 million evro to‘lashga rozi bo‘lgan. 
Oldinroq, xavbekning «Inter» bilan yillik maoshi 10 million evroni tashkil etadigan 2024 yilgacha shartnoma borasida kelishuvga erishganligi ma’lum qilingandi.
«Neradzurri»lar Eriksenni yakshanba kungi A Seriya doirasidagi «Kalyari»ga qarshi o‘yin oldidan «San-Siro»da tanishtirishni rejalashtirgan.

24.01.2020, 16:27 88 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish