Bugun futzal bo‘yicha Osiyo chempionatiga qur’a tashlanadi

Kelasi yili Turkmanistonda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi.
2020 yilning 26 fevral – 8 mart kunlari Ashxobodda o‘tkaziladigan qit’a chempionatiga bugun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. 
Qur’a Ashxoboddagi “Olimpiya mehmonxonasi”da o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga ajratiladi. Saralash bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1-savatchadan o‘rin olgan. 1-savatda, shuningdek, mezbon – Turkmaniston, Eron va Yaponiya ham joylashgan.
Qur’a Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.

06.12.2019, 09:36 21 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish