«Arsenal» sobiq futbolchisini bosh murabbiy qilishi mumkin

«Arsenal» klubi bosh murabbiylikka Patrik Vieyra nomzodini o‘rganib chiqmoqda.
 
Nice-Matin xabariga ko‘ra, «Nitstsa» bosh murabbiyi Patrik Vieyra londonliklar bilan shartnoma imzolashi mumkin. 
«Arsenal» rahbariyati frantsiyalik mutaxassisni qishda taklif qilish haqida o‘ylamoqda.
Avvalroq, Massimiliano Allegri, Nunu Santush va Maurisio Pochettino «Arsenal»ning nomzodlar ro‘yxatida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Vieyra 1996-2005 yillarda futbolchi sifatida «Arsenal» sharafini himoya qilgan.
Futbol yangiliklarini saytimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham kuzatib boring!
Manba: penalti.asia

05.12.2019, 18:58 16 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish