«Real» Pogba uchun ikki futbolchi va 85 million evro to‘lashga tayyor

Madridning “Real” klubi qishki transfer oynasida “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbani xarid qilmoqchi.
 
Le Figaro nashrining xabar berishicha, madridliklar prezidenti Florentino Peres frantsiyali futbolchi uchun 85 million evro, shuningdek, Mariano Dias va Xames Rodrigesni qo‘shib berishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Pogba ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas. Avvalroq, futbolchi boshqa MYu uchun o‘ynashni xohlamayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Manba: Le Figaro

29.11.2019, 07:27 59 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish