OAV diqqatiga!

O‘zbekiston terma jamoasining ertaga 13 noyabr kungi rejalarida o‘zgarish ro‘y berdi. 


Demak, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirokidagi matbuot anjumani “Paxtakor” stadionida soat 15:30 da boshlanadi. Rasmiy mashg‘ulot esa 16:00 da start oladi va 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tadi. 

Mehmonlarning rasmiy tadbirlari o‘zgarishsiz qoldi. 16:30da Saudiya Arabistoni terma jamoasi murabbiyi ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Soat 17:00da esa Saudiyalik futbolchilar “Paxtakor” stadionida mashg‘ulot o‘tkazadi. Mashg‘ulot jarayonining dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tadi.
Manba: ufa.uz

12.11.2019, 21:20 11 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish