Goal nashri dunyoning eng yaxshi futbolchilarini e’lon qildi. Messi – ikkinchi

Goal internet nashri o‘z talqiniga ko‘ra 2019 yilning eng yaxshi futbolchilarini e’lon qildi.
 
Birinchi o‘ringa «Liverpul» va Niderlandiya milliy jamoasi himoyachisi Virjil van Deyk loyiq ko‘rildi. Futbolchi 2019 yilda Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonib, UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Niderlandiya tarkibida Millatlar Ligasi finaliga chiqdi.
Ikkinchi o‘rin «Barselona» hujumchisi Lionel Messiga nasib qildi. «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh uchinchi o‘ringa qo‘yildi. «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu reytingda to‘rtinchi bo‘ldi.
Goal talqini bo‘yicha 2019 yilning eng yaxshi futbolchilari:
1. Virjil van Deyk («Liverpul», Niderlandiya)
2. Lionel Messi («Barselona», Argentina)
3. Muhammad Saloh («Liverpul», Misr)
4. Krishtianu Ronaldu («Yuventus», Portugaliya)
5. Sadio Mane («Liverpul», Senegal)
6. Rahim Sterling («Manchester Siti», Angliya)
7. Alison Beker («Liverpul», Braziliya)
8. Frenki de Yong («Ayaks» / «Barselona», Niderlandiya)
9. Bernardu Silva («Manchester Siti», Portugaliya)
10. Kilian Mbappe («Pari Sen-Jermen», Frantsiya)
Futbol yangiliklarini saytimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham kuzatib boring!
Manba: penalti.asia

12.11.2019, 20:14 5 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish