Serxio Ramos "Real"dagi faoliyati bo‘yicha bir qarorga kelgan

Ispaniyalik eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanmoqchi.
Ispaniya terma jamoasi va "Real" markaziy himoyachisi Serxio Ramos futbolchilik faoliyatini madridliklar tarkibida yakunlamoqchi.
33 yoshli ispan klub bilan yangi kelishuv imzolanishi va jamoaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylanish niyatida. Ammo barcha ishlar Florentino Peresga bog‘liq bo‘lib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Ramosning amaldagi shartnomasi 2021-yil yozigacha amal qiladi. Joriy mavsumda u "Real" safida Primera baxslarida 11 o‘yinda 1 ta gol kiritishga ulgurgan.

08.11.2019, 10:12 4 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish