Asensio Kuper sinovidan muvaffaqiyatli o‘tdi

«Real» klubining jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Gregori Dyupon futbolchilarni «Kuper sinovi»dan o‘tkazishga qaror qildi.
 
Marca xabariga ko‘ra, 28 o‘yinchining orasida yarimhimoyachi Marko Asensio eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi.
«Kuper sinovi» - amerikalik doktor Kennet Kuper tomonidan 1968 yilda AQSh harbiylari uchun ishlab chiqilgan testlar yig‘indisidir. U orqali insonning jismoniy tayyorgarligini baholash mumkin bo‘ladi.
O‘tgan mavsumda Asensio «Real» tarkibida barcha musobaqalarda 44ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol urgan va 7ta golga hammualliflik qilgan.
Futbol yangiliklarini saytimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham kuzatib boring!
Manba: penalti.asia

16.07.2019, 22:02 112 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish