Italiyaning 3 ta klubida o‘ynagan Iguain endi to‘rtinchi jamoaga o‘tishni istamayapti

Iguain "Roma" sardori bo‘lishni istamaydi
"Yuventus" klubi xujumchisi Gonsalo Iguainga Italiyaning boshqa bir jamoasi "Roma" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Rimliklar 31 yoshli argentinalik forvard bilan shartnoma imzolash istagi borligini yashirishmayapti, ammo Iguain qa’tiy turibdi. U "Roma" sardori bo‘lishni istamayapti, shuningdek, Italiyaning boshqa klublaridan bo‘lgan takliflarni qabul qilmoqchi emas.
Rim klubi sardori sifatida Iguainni ko‘rish muxlislarni norozilikga olib kemoqda.
O‘tgan 20 yil mobaynida "Roma"ning sardorlik bog‘ichi Franchesko Totti (1999-2017), Daniele De Rossi (2017-2019) va Alessandro Florentsiga (2019 dan boshlab) tegishli edi.
Eslatib o‘tamiz, Iguain o‘tgan mavsumni ijara asosida "Milan" va "Chelsi" klublarida o‘tkazdi. 2019 yilning yoz faslida "Yuventus" qarorgohiga qaytdi. Turinliklar bilan forvardning shartnomasi 2021 yilga qadar amal qiladi.

16.07.2019, 19:02 34 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish